Bonus dasturi oʻyinchilarning bukmeyker tanlashiga taʼsir koʻrsatuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Parimatch bukmeykeri yangi mijozlariga ham, uzoq vaqtdan beri bukmeykerlik kompaniyasida oʻynab kelayotgan oʻyinchilarga ham bonuslar taklif etadi. Shuningdek, kompaniyada sodiqlik dasturi ham mavjud. Ushbu materialda Parimatch bukmeykerining barcha bonuslari va aksiyalari haqida soʻz yuritamiz.
Yangi oʻyinchilar uchun welcome bonus
Yangi oʻyinchilarni jalb qilish va oʻz auditoriyasini kengaytirish uchun Parimatch UZ ushbu bukmekerda birinchi marta roʻyxatdan oʻtgan mijozlarga bonus taklif etadi. Parimatch qutlov bonusi birinchi depozitning 100% iga teng. Uni olish uchun bukmeyker hamkorlaridan birining promo havolasidan foydalangan holda saytda roʻyxatdan oʻtish va tegishli maydonni faollashtirish kerak. U yerda taklifga tegishli batafsil shartlar va qoidalar bilan tanishish mumkin.
Parimatch UZ bukmeykerida birinchi depozit bonusining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
- Bonus hajmi birinchi depozit hajmiga teng. Bunda hisobni toʻldirishdagi minimal miqdori 78 000 UZS ekvivalentiga teng boʻlishi, maksimal bonus miqdori esa 950 000 so‘mdan oshmasligi kerak. Ushbu qiymatlar Parimatch tomonidan oʻtkazilgan aksiyaning turli davrlarida oʻzgarishi mumkin;
- Bonusni tikish uchun bonus hajmidan oʻn baravar koʻp miqdorda pul tikish kerak. Bunda har bir hodisaning koeffitsiyenti 1,5 dan kam boʻlmagan holda, faqat ordinar yoki ekspress tikishlar hisobga olinadi. Agar “CashOut” funksiyasidan foydalanilgan boʻlsa, tikish Parimatch UZ bonusi uchun tikish sifatida hisobga olinmaydi;
- Bonus taklifi shartlari bajarilmaguncha, foydalanuvchi pulni yechib olish funksiyasidan foydalana olmaydi;
- Bonus bir kishi, oila, kvartira yoki IP-manzilga bir marta beriladi. Ushbu band buzilgan taqdirda, bukmeykerlik kompaniyasi bonus mablagʻlarini bekor qilish huquqini oʻzida saqlab qoladi;
- Oʻyinchi Parimatch qutlov bonusini oʻynamaguniga yoki bu taklifdan foydalanish muddati tugamaguniga qadar boshqa aksiyalarda ishtirok eta olmaydi.
Doimiy mijozlar uchun aksiyalar Parimatch
Parimatch oʻzining doimiy mijozlariga ham turli xil aksiyalar va bonuslarni taklif qiladi. Ko’pincha bunday takliflar faqat cheklangan muddat uchun amal qiladi. Parimatch tomonidan taqdim etiladigan joriy aksiyalar roʻyxatini saytning eski versiyasidagi “Aksiyalar va bonuslar” sahifasida yoki yangi versiyadagi “Aksiyalar” sahifasida topish mumkin.
Eng mashhur Parimatch aksiyalari quyidagilar kiradi:
- Yutuqli tikishlar seriyasi uchun bonus code Parimatch;
- Muhim sport hodisalari uchun yaxshilangan koeffitsiyentlar;
- Mavjud oʻyinchilar uchun maʼlum miqdordagi depozit uchun bonus;
- Tikishni sugʻurtalash.
Shuningdek, Parimatch UZ tomonidan taklif etiluvchi individual bonus ham mavjud. Ularni shaxsiy kabinetdagi “Shaxsiy promo” boʻlimida koʻrish mumkin.
Boshqa takliflar
Parimatch bukmeykeri muntazam ravishda sport yoki kiber-sport olamidagi alohida turnirlarga bagʻishlangan bashorat qilish musobaqalarini tashkil etadi. Gʻoliblar va sovrindorlar ushbu turnirga tikish uchun katta bonuslarga ega boʻlishadi.
Bundan tashqari, bukmeykerning mavjud mijozlari uchun Parimatch sodiqlik dasturi mavjud boʻlib, uni saytga avtorizatsiya qilish orqali faollashtirish mumkin.
Bu bonuslari Parimatch hisobiga ayrim sport turlari boʻyicha tikishlardagi yutuqlardan foiz olish imkonini beradi. Har oyda ikkita sport turini tanlash mumkin, ular boʻyicha tikishlar sodiqlik dasturida hisobga olinadi. Har bir sport turi oʻziga xos mablagʻlarni qaytarish foiziga ega.
Mablagʻlarni qaytarish ikki shaklda amalga oshirilishi mumkin:
- Sof foydadan foiz sifatida. Sof foyda yutuqlar miqdori va tikishlar miqdori oʻrtasidagi farq sifatida hisoblanadi.
- Yutuqli tikishlar summasidan foiz sifatida. Bundan yakuniy koeffitsiyenti 1,4 dan yuqori (ekspress yoki ordinar) tikishlar hisobga olinadi.
Agar ekspress bonus sifatida tanlangan sport turiga oid kamida bitta tikishni oʻz ichiga olsa, butun ekspress bonus taklifida ishtirok etadi. Bonuslarni istalgan vaqtda haqiqiy hisob raqamiga oʻtkazishingiz mumkin boʻlib, bunda minimal tikish miqdoriga teng mablagʻ bonus hisobida qolishi kerak.