Olimp bukmeykerlik kompaniyasi oʻz faoliyatini 2004-yilda boshlagan. Ayni paytda u Kyurasao litsenziyasiga asoson internet orqali tikishlarni qabul qiladi.
Kompaniya asosan postsovet mamlakatlari hududlarida yashivchi oʻyinchilarga yoʻnaltirilgan. Uning sayti 10 dan ortiq turli tillarda, jumladan o‘zbek tilida taqdim etiladi Olimp bukmeykerlik kompaniyasi dunyodagi koʻplab valyuta turlarida ishlaydi. Ushbu kompaniya mijozlari UZS valyutasida tikishlar amalga oshirish va hisobni toʻldirish imkoniyatiga ega.
Olimp bet saytida roʻyxatdan oʻtish va verifikatsiya
Olimp bukmeykerida roʻyxatdan oʻtish uchun kompaniyaning olimp.com manzili boʻyicha joylashgan saytiga tashrif buyurishingiz va tegishli yozuvga ega tugmani bosishingiz kerak.
Bukmeykerida roʻyxatdan oʻtishning ikki varianti mavjud:
- Tezkor SMS-roʻyxatdan oʻtish. Mobil telefon raqamidan foydalangan holda foydalanuvchi shaxsiy kabinet yaratishi mumkin. Shundan soʻng, u darhol hisobni toʻldirishi va pul tikish imkoniyatiga ega boʻladi, ammo kabinetda pasport maʼlumotlarini koʻrsatmaguniga qadar pul yechib olish funksiyasi ishlamaydi.
- Toʻliq roʻyxatdan oʻtish. Ushbu usul biroz koʻproq vaqt talab etadi, lekin bu bukmeykerlik kompaniyasiga barcha kerakli maʼlumotlarni darhol taqdim etish imkonini beradi. Toʻliq roʻyxatdan oʻtishda nafaqat telefon raqamini, balki pasport maʼlumotlarini, shu jumladan hujjat raqamini ham koʻrsat kerak boʻladi.
Taʼkidlash joizki, boshqa koʻplab bukmeykerlardan farqli oʻlaroq, Olimp bukmeykeri oʻz mijozlariga hisoblarini faqatgina roʻyxatdan oʻtish paytida tanlangan valyutadan tashqari, boshqa valyutalarda ham toʻldirish imkonini beradi. Agar hisob UZS da ochilgan bo‘lsa ham, oʻyinchi pul mablag‘larini dollar yoki yevroda kiritishi mumkin, ammo bunda o‘rtacha konvertatsiya kursi qo‘llaniladi.
Ayrim hollarda bukmeykerlik kompaniyasi foydalanuvchidan Olimp tizimida verifikatsiyadan oʻtish hujjatlarning fotosuratini yuborishni talab qilishi mumkin. Ammo bu juda kamdan-kam hollarda sodir boʻladi, aksariyat hollarda pul mablagʻlarini yechib olish boʻyicha pul operatsiyalarini amalga oshirish uchun Olimp bukmeykerida faqatgina toʻliq roʻyxatdan oʻtish kifoya.
Bonuslar va askiyalar
Olimp bukmeykerida birinchi depozit uchun bonus, shuningdek, roʻyxatdan oʻtish yoki birinchi tikish uchun bonuslar mavjud emas. Bukmeyker asosan mavjud mijozlar uchun moʻljallangan aksiyalarga eʼtibor qaratadi. Xususan, bukmeykeridagi eng mashhur aksiyalar quyidagilar:
- “Kimda koʻproq”— kun davomida eng uzun muvaffaqiyatli tikishlar seriyasiga ega boʻlgan foydalanuvchilar uchun bonuslar;
- Eksressda 10% gacha bonus;
- Maxsus takliflar– bukmeyker tomonidan tuzilgan ekspressga kiritilgan hodisalarning oshirilgan koeffitsiyenti.
Bundan tashqari, Olimp bukmeykerlik kompaniyasi hisobni toʻldirishda yechib olingan komissiya miqdorini qaytarib beradi.
Bukmeykerlik kompaniyasi sayti
Olimp bukmeykerining rasmiy saytiga olimp.com manzili orqali kirish mumkin. Uning dizaynida toʻq qizil va oq ranglar ustunlik qiladi. Dizaynning oʻzi juda oddiy, bu yerda effektlarga boy elementlar yoʻq, bu hatto yangi boshlovchilarga ham barcha mavjud funksiyalardan osonlik bilan foydalanish imkonini beradi. Toʻgʻri, resursda baʼzi hollarda sahifalarni yuklash tezligi bilan bogʻliq muammolar yuzaga keladi.
Olimp bukmeykeri saytining asosiy sahifasi quyidagilardan tashkil topgan:
- Til, koeffitsiyent formatini va vaqt mintaqasini oʻzgartirish, shuningdek Olimp saytiga kirish mumkin boʻlgan yuqori yordamchi panel;
- Asosiy menyu;
- Sport turlari va turnirlarni tanlash paneli;
- Liniyalar berilgan joylar
- Kupon ham joylashtirilgan joriy prognozlarga ega oʻng blok;
- Kompaniya haqida qoʻshimcha maʻlumotlar berilgan pastki qism.
Taʼkidlash joizki, “Live” va “Liniya” boʻlimlaridan tashqari, sport turlariga tikish uchun mo‘ljallangan bo‘limlar bilan bir qatorda “Casino”, “Betgamestv”, “Live Games”, “Virtual o‘yinlar” bo‘limlari ham mavjud. Ayni paytda boʻlib oʻtayotgan hodisalar uchun video translyatsiyalar beriluvchi alohida boʻlim ham mavjud.
Olimp uz koʻzgusi
Xalqaro litsenziyaning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ayrim mamlakatlarda bukmeykerning saytiga kirish uchun Olimp koʻzgusi kerak boʻlishi mumkin. Bu saytning toʻlaqonli nusxasi boʻlib, u boshqa URL manziliga ega. Asosiy manzilda joylashgan resurs javob bermagan hollarda uning yordamidan foydalanish kerak.
Bukmeykerlik kompaniyasining faol koʻzgusi manzilini olishning eng oson usuli bu bukmeykerning telegram-botidir. Buning uchun unga “Koʻzgu” soʻzi ishtirokida xabar yozish yoki ochiladigan menyuda tegishli bandni tanlash kifoya.
Tikishlar va liniya
Olimp bukmeykerlik kompaniyasi oʻz mijozlariga 30 dan ortiq sport turlari boʻyicha oʻyinlarga pul tikish imkonini taqdim etadi. Bunda har bir sport turi boʻyicha koʻplab turnirlar mavjud. Xususan, siz ingliz futbolida professional oʻyinlardan yoshlar ligasigacha pul tikishingiz mumkin. Olimp bukmeykerlik kompaniyasi maʼlum bir musobaqa gʻolibi, shuningdek, undagi individual ishtirokchilarning yakuniy natijalari uchun uzoq muddatli tikishlarni ham qabul qiladi.
Tikish imkoniyatlarining xilma-xilligi tikish bozoridagi oʻrtacha koʻrsatkichlarga mos keladi. APL va Chempionlar Ligasi oʻyinlari uchun 500 ga yaqin, NHL va NBA oʻyinlari uchun 200 ga yaqin turli natijalar taklif etiladi.
Eng mashhur futbol ligalari oʻyinlari uchun marja 3-4%, NBA uchun – 4-5%, NHL uchun – 5-5,5% atrofida oʻzgarib turadi. Umumiy koeffitsiyentlar ham oʻrtacha bozor qiymatlariga teng.
Olimp bukmeykerida tikishni sugʻurtalash yoki keshaut funksiyalari taqdim etilmaydi.
Kibersportga tikish
Olimp bukmeykerlik kompaniyasi kibersport oʻyinlariga ham tikishlar qabul qiladi. Ularning roʻyxatini sport va musobaqalarni tanlash menyusida topishingiz mumkin – kibersport u yerdagi “Mashhur” boʻlimida keltirilgan.
Eʼtibor nafaqat eng mashhur yoʻnalishlarga (Dota 2, CS:GO, LoL), balki kamroq tarqalgan oʻyinlarga (masalan, Call of Duty yoki StarCraft) ham qaratiladi. Har bir oʻyin uchun 50 ga yaqin pul tikish imkoniyatlari taklif etiladi. Aksariyat hollarda video translyatsiyalar taqdim etiladi.
Olimp ilovalari
Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida iOS va Android uchun Olimp mobil ilovalari ishlab chiqilgan. Ularni olish uchun saytning pastki panelida joylashgan kerakli operatsion tizim variantini tanlash kerak. Ochiladigan sahifada WhatsApp raqamini maydonga kiritish kerak boʻladi. Tizim unga ilovani oʻrnatish fayliga havola yuboradi.
Taʼkidlash joizki, Olimp ilovasi nafaqat pul tikish va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkonini beradi, balki o‘yinlar translyatsiyasi va ularning statistikasidan foydalanish imkonini ham taqdim etadi. “Pro” versiyasi yuklab olinsa, tizimda identifikatsiyadan oʻtmagan holda ham oʻyinlarni tomosha qilish mumkin.
Bobur uzbekistan