Marathonbet bozorda 20 yildan ortiq vaqtdan beri mavjud boʻlgan xalqaro bukmeykerlik kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya turli mamlakatlarda qonuniy ishlash imkonini beruvchi to‘rtta rasmiy litsenziyaga ega. marathonbet.com xalqaro versiyasi Kyurasao litsenziyasi ostida faoliyat yuritadi.
Bukmeykerning saytida 20 dan ortiq til versiyasi, jumladan, oʻzbekcha versiya ham mavjud. Bundan tashqari Marafon O‘zbekistonning milliy valyutasidan foydalanish imkoniyatini ham taqdim etadi.
Bu bukmeyker allaqachon postsovet mamlakatlarida ham, undan tashqarida ham oʻzi uchun katta nom qozonishga muvaffaq boʻldi. Xususan, Marathonbet “Manchester Siti” va “Sevilya” kabi futbol klublari hamda “Saragosa” basketbol klubi bilan hamkorlik qiladi.
Marathonbet UZ saytida roʻyxatdan oʻtish va verifikatsiya
Marafon bukmeykerida ro‘yxatdan o‘tish uchun bukmeykerning saytiga tashrif buyurish, yuqori menyuning o‘ng qismidagi tegishli tugmani bosish kerak. Shundan soʻng, Marathonbet bukmeykerida foydalanuvchi oldida roʻyxatdan oʻtish maydoni ochiladi, unda siz ochiladigan roʻyxatdan variantlarni tanlashingiz yoki maydonlarni quyidagilar bilan toʻldirishingiz kerak boʻladi:
- Yashash mamlakati va shahari;
- Ism, familiya va tugʻilgan sana;
- Elektron pochta manzili va telefon raqami;
- Parol;
- Saytda foydalanish uchun yoqtirgan ismingiz;
- Maxfiy savol va uning javobi. U parol yoʻqolgan taqdirda kirishni tiklash uchun kerak. Shuningdek, maxfiy savolga javob qoʻllab-quvvatlash xizmati bilan muloqot qilishda shaxsni tasdiqlash uchun ishlatilishi mumkin;
- Soat mintaqasi;
- Hisob valyutasi.
Marafonbet UZ tizimida roʻyxatdan oʻtgandan soʻng darhol hisob qaydnomasini verifikatsiyadan oʻtkazish shart emas. Biroq, keyinchalik bukmyekerlik kompaniyasi foydalanuvchidan oʻz shaxsini tasdiqlashni soʻrashi mumkin. Buning uchun pasportning skanerlangan nusxalarini va roʻyxatdan oʻtganlikni tasdiqlovchi hujjatni yuborish kerak.
Bonuslar va aksiyalar
Marathonbet bukmeykerida qutlov bonusi yoʻq. Ammo tizimda allaqachon roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar uchun kompaniya tez-tez turli xil aksiyalarni oʻtkazadi. Ulardan eng mashhurlari:
- 0% marja– muayyan oʻyinlarning alohida natijalariga pul tikishda bukmeyker oʻyinchilardan hech qanday komissiya undirmaydi;
- Avansli stavkalar– hozircha hisob-kitob qilinmagan stavkalar bilan pul tikish imkoniyati;
- Ekspress uchun sugʻurta;
- Zerikarli hison– futbol oʻyinida 0:0 hisobi qayd etilgan taqdirda, fribet koʻrinishidagi pulni qaytarish;
- Siperyutuq– mijozlar savollarga toʻgʻri javob berisj orqali pul ishlashlari mumkin boʻlgan viktorina.
Bundan tashqari, Marathon bukmeykerida oʻyinchilarga maʼlum harakatlar uchun bonuslar olish imkonini beruvchi sodiqlik dasturi ham mavjud.
Bukmeykerlik kompaniyasi sayti Marafonbet
Marafonbet bukmeykerining rasmiy veb-sayti marathonbet.com hisoblanadi. Portal dizayni tinchlantiruvchi koʻk va oq ranglar yordamida yaratilgan. Bu yerda agressiv bloklar yoʻq, shuning uchun sayt koʻzga juda yoqimli koʻrinadi. Bundan tashqari, foydalanish juda qulay, chunki u elementlarning intuitiv tarzda sodda joylashuvga ega. Marathonbet bukmeykeri saytining asosiy sahifasi quyidagi elementlardan iborat:
- Asosiy va qoʻshimcha menyu.
- Sport turlari va turnirlarni tanlash yon paneli.
- Natijalar va koeffitsiyentlar berilgan ish maydoni.
- Kupon maydoni, uning ostida joriy aksiyalar roʻyxati ham mavjud.
Sahifaning pastki qismida Marathonbet bukmeykerlik kompaniyasii haqida maʼlumot mavjud, bu yerda qoʻshimcha menyu ham takrorlanadi. Bevosita sportga pul tikish bilan bir qatorda, bukmeykerlik kompaniyasining saytida boshqa boʻlimlar ham mavjud, xususan:
- Kazino va live-cazino;
- Kibersport;
- Live-oʻyinlar
- Toto;
- Supersovrin;
- Virtual sport.
Marathonbet UZ koʻzgusi
Bir vaqtning oʻzida toʻrtta litsenziyaga ega boʻlishiga qaramay, baʼzi mamlakatlarda Marafonbet aytiga kirishda muammolar boʻlishi mumkin. Garchi bukmeyker sayti oʻzbekistonda barqaror ishlayotgan boʻlsa-da, ayrim hollarda blokirovkani chetlab oʻtish uchun Marafon koʻzgusidan foydalanish kerak boʻladi.
Koʻzgu rasmiy saytning toʻlaqonli egizaki boʻlib, u boshqa URL manzilida mavjud, ammo unda ham toʻliq funksiya va xususiyatlar toʻplamini taqdim etiladi. Har doim Marafonbet saytining joriy koʻzgusiga ega boʻlish uchun kompaniya sayti orqali tegishli dasturni yuklab olish kifoya. Buning uchun yuqori yordamchi menyu boʻlimidagi “Koʻzgu” tugmasini bosing, shundan keyin “Dasturni yuklab olish” tugmasini bosing va berilgan koʻrsatmalarga rioya qiling.
Agar foydalanuvchi allaqachon saytga kira olmay qolgan boʻlsa va dastur hali yuklab olinmagan boʻlsa, eng oson yoʻli VPN xizmatlaridan foydalanish hisoblanadi.
Tikishlar va liniya
Marafonbet oʻz mijozlarini pul tikish mumkin boʻlgan turli sport turlari bilan hayratda qoldiradi – ularning soni 40 tagacha yetadi. Xususan, xyorling, itlar poygasi va otlar poygasi kabi noodatiy oʻyinlar ham mavjud. Top sport turlarida hamma narsa xilma-xil koʻrinishda taqdim etiladi. Masalan, futbolda oltmishdan ortiq turli mamlakatlardagi musobaqalar taqdim etiladi.
Agar alohida turnirlar boʻyicha liniya sifati haqida gapiradigan boʻlsak, bu yerda ham juda yaxshi koʻrsatkichlarni taʼkidlash joiz. Xususan, APL oʻyinlari uchun oʻrtacha 500 ga yaqin, NHL uchun 250 ga yaqin va NBA uchun 200 ga yaqin stavka variantlari mavjud.
Marathonbet bukmeykeri yuqori koeffitsiyentlar va past marjaga ega ekanligni alohida taʼkidlash kerak, ayniqsa, bu yuqori darajadagi musobaqalarga xos. Bukmeyker Chempionlar ligasi doirasidagi alohida oʻyinlar uchun hatto deyarli nol foizli marja taklif qiladi. Chempionlar ligasi va “Katta beshlik” chempionatlaridagi oʻyinlarda oʻrtacha hisobda marja 2-2,5% oraligʻida oʻzgarib turadi. NBA va NHLda bu koʻrsatkich 2,5% dan 3,5% gacha farqlanadi.
Layv rejimda ayni paytda boʻlib oʻtayotgan oʻyinlarni aks ettiruvchi animatsiya mavjud. Video translyatsiyalar mavjud, ammo ular boshqa bukmeykerlik kompaniyalari bilan solishtirganda juda kam.
Kibersportga tikish
Marathonbet saytida kibersportga tikish mumkin boʻlgan alohida boʻlim mavjud. U hatto kompyuter oʻyinlari uslubida yaratilgan oʻzining maxsus dizayniga ega. Bu kibersport muxlislariga oʻzlariga tanish boʻlgan atmosferaga yaxshiroq shoʻngʻish imkonini taqdim etadi.
Bukmeyker 10 dan turli yoʻnalishlar boʻyicha stavkalarni qabul qiladi, ular orasida eng mashhur va talab yuqori boʻlgan Dota2, CS:GO va LoL kabi oʻyinlar bor. Oʻyinchlar oʻyin boshlanguniga qadar va layv rejimida pul tikish mumkin.
Marathonbet ilovasi
Smartfonlar yordamida pul tikishni afzal koʻrgan mijozlar uchun Marafonbet mobil ilovalari ishlab chiqilgan. Ular haqidagi maʼlumotlar saytning tegishli boʻlimida berilgan. U yerda Android smartfonlari foydalanuvchilari ham oʻrnatish faylini yuklab olish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri havolani olishlari mumkin.
iOS tizimidagi gadjetlardan foydalanuvchi mijozlar uchun bu yanada oson – yordamchi dastur ularning telefonlari doʻkonidan mavjud.
Marathonbet ilovalari oʻz hisob qaydnomangizga kirish va tizimda roʻyxatdan oʻtish imkonini beradi. Shuningdek, pul tikish va aksiyalarda yoki bonus dasturlarida ishtirok etish mumkin.